"Barselona" futbolchisi: "O'g'lim "Real" muxlisi edi"

Mirjalol Normatov
30 yanv 2025
"Barselona" posboni Voycex Shensni o'g'li "Real"ning muxlisi ekanligini yashirib o'tirmadi.

"Barselona"ga kelgunimga qadar o'g'lim "Real"ning muxlisi edi. Biroq u "Barselona"ning o'yinlarini tomosha qildi va sekin-sekin Yamal, Levandovski, Pedrining yaxshi futbolchi ekanligini tushunib oldi. Superkubokda "Real" bilan o'ynaganimizda u "Barselona"ga muxlislik qildi. Demak, u o'zgarmoqda. Albatta, unda boshqa tanlov ham yo'q-da", - dedi Shensni.

Posbon "Barselona" tarkibida 6 o'yinda qatnashdi va 8 gol o'tkazib yubordi. Kataloniya klubi navbatdagi uchrashuvini 2 fevral kuni "Alaves"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As