"Barselona" futbolchisi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi 18 yanvardan beri maydonga tushmayapti, u asosiy tarkib uchun kurashda Voycex Shensniga yutqazib qo'ydi. 

Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, Kataloniya klubining Penya bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari muzlatilgan. Penya tez-tez o'ynashni xohlaydi, shuning uchun ketish haqida o'ylamoqda. Amaldagi kelishuv 2026 yilning o'rtalarida tugaydi.

Manbaga ko'ra, Turkiyaning "Galatasaroy" klubi allaqachon 26 yoshli darvozabon bilan bog'langan. Futbolchini La Liga va Angliya Premer-ligasi vakillari ham kuzatib bormoqda.

Inyaki Penya joriy mavsum "Barselona" uchun 22 o'yinda qatnashib, 25 ta gol o'tkazib yubordi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Barca Universal

Izohlar

Феномен
10 mar
Зур формага чикиб олганди имконият берса буларди шу кария шеснини афзал куришди яхши иш килишмади лекин
Shuxrat Xalbayev
10 mar
Sshesniyni shunchaki omadi kelib qolyabdi seyflarda alanbalo seyflarda reaksiya emas omadi kelib qolyabdi Barsani eng kuchsiz tarafi darvazobon bb turibdi xozirgi vaqtda.