"Barselona" Gavi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi yaqin kelajakda sotilishi ehtimoldan yiroq.

Turli mish-mishlarga qaramay, Kataloniya klubi allaqachon 20 yoshli futbolchini sotmaslikka qaror qilgan, deb xabar berdi Sport.es 

Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachiga ishonadi va futbolchining o'zi ham bor e'tiborini "Barsa"da o'ynashda davom etishga qaratgan.

Gavi yanvar oyi oxirida "ko'k-anorranglilar" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Yosh ispaniyalik o'tgan mavsum barcha turnirlarda "Barselona"ning 42 o'yinida qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es