"Barselona" gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi

Administrator
31 dek 2026
La Ligada rekord o'rnatildi, ammo bir faktni unutmaslik lozim.

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bir kalendar yili davomida Ispaniya chempionatida gol urish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi. Ko'k-anorranglilar 2025 yilda barcha musobaqalarda, o'z darvozasiga urilgan gollarni ham qo'shib hisoblaganda, jami 169 ta to'p kiritishga erishdi.

Opta Sport ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniya La Ligasida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'ynagan jamoalarni hisobga olmaganda, hech qaysi jamoa bir kalendar yili ichida bundan ko'proq gol urmagan.

Lionel Messi 2003 yildan 2021 yilgacha "Barselona" tarkibida o'ynagan, so'ngra Fransiyaning PSJ jamoasiga o'tgan. Krishtianu Ronaldu esa 2009 yil iyuldan 2018 yil iyulgacha "Real" sharafini himoya qilgan, keyin Italiyaning "Yuventus" jamoasiga o'tgan.


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports