"Barselona" himoyachisi 5 haftaga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
13 jan 2025
Kataloniya jamoasi markaziy himoyachisi Inigo Martines jarohat oldi.

33 yoshli futbolchi yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinning 28-daqiqasida almashtirilgan – ispaniyalik futbolchining maydondagi o'rnini Ronald Arauxo egallaganli. O'shanda tablo 1:1 hisobini ko'rsatib turgan bo'lsa, qolgan vaqtda "ko'k-anorranglilar" natijani o'z tomoniga og'dirishdi (5:2) va kubokni boshlari uzra ko'tarishdi.

Jurnalist Xavi Migel xabariga ko'ra, Inigo Martines jarohati sabab 5 hafta maydonga tusha olmaydi. Futbolchi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining qolgan ikkita o'yini – "Benfika" va "Atalanta"ga qarshi bahslarda jamoaga yordam bera olmasligi aniq.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: FC Barcelona Noticias

Izohlar

Ixtiyor Sobirov
13 jan
Тулиб турган КАМП НОУда Барса уйини согинганлар борми.
FC_BARCELONA_UZ
13 jan
Demak Arauxo hech qayerga ketmaydi endi.
WalveRine-_-6
13 jan
Agar shu vaziyatda Araujoni sotishsa, Laportaga chiqish eshiklarini korsatish kerak!