

“Barselona”ning PAOK safida ijara asosida harakat qilayotgan 22 yoshli himoyachisi Mussa Vage tizzasidan og'ir jarohat oldi. Ma'lumotlarga ko'ra senegallik futbolchi Ispaniyada operaciya qilinadi. Uning tiklanishi uchun esa bir yil vaqt kyetishi kutilmoqda. Hatto futbolchining faoliyatini yakunlashi borasidagi variant ham mavjud.
Vage joriy mavsum PAOK safida 12 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golli uzatma bergan.



