"Barselona" homiy bilan hamkorlikdan voz kechdi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
"Barselona" klubi noyabr oyi o'rtalarida texnologik blokcheyn-hamkori sifatida unchalik taniqli bo'lmagan Zero-Knowledge Proof kompaniyasi bilan kelishuvga erishganini e'lon qilgandi.

O'shandayoq bu bitim shubhalar uyg'otgan va natijada kataloniyaliklar undan chiqib kyetishga majbur bo'ldi.

"La Vanguardia"ning xabar qilishicha, muammolar kelishuv imzolanayotgan paytdayoq aniqlangan. Bitim tuzilgan paytda kompaniyaning X (Twitter) sahifasida 100 nafardan sal ko'proq obunachi bo'lgan, kompaniyaning o'zi esa ofshor sifatida nom chiqargan Samoa davlatida ro'yxatdan o'tgan.

Bir necha kun o'tib, "Barselona" yuristlari shartnomadan chiqish yo'llarini izlay boshlashgan. Keyinchalik esa Zero-Knowledge Proof mojarolar ichida yuradigan bloger Endryu Teyt bilan bog'liq ekani ma'lum bo'lgan. U 2022 yilning dekabridan beri Ruminiya qamoqxonasida odam savdosi va zo'rlash ayblovlari bilan hibsda saqlanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Vanguardia