"Barselona" kelajagi so'roq ostida. Klub faoliyati to'xtatilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 sep 2023
"Barselona" hozir qiyin ahvolda.

28 sentyabr kuni "Barselona"ga Ispaniya Qirollik Futbol Federaciyasi hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vice-prezidenti Xose Negreyra ishi bo'yicha rasman poraxo'rlik ayblovi qo'yildi.

Ishga rahbarlik qilayotgan Barselona tergov sudi rahbari Xoakin Agirre Kataloniya klubining Nergeyraga 7,5 million evro to'laganini jinoyat deb hisobladi.

Negreyraning o'zi, uning o'g'li, shuningdek, Kataloniya jamoasi sobiq prezidentlari Jozep Bartomeu va Sandro Rosel ham poraxo'rlikda ayblanmoqda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, bu hatto "Barselona"ning dunyo futbol xaritasidan yo'qolib ketish darajasiga ham kelishi mumkin.

"Agar aybdor deb topilsa, jinoyatchilar 3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. "Barselona"ning o'zi professional futbol klubi sifatida faoliyat yuritishdan to'xtatilishi mumkin, bu esa katta ehtimol bilan 124 yoshli klubning bankrot bo'lishiga olib keladi", – deyiladi materialda.

Avvalroq Kataloniya klubi o'ziga nisbatan boshlangan sud tergovi haqida rasmiy xabar olmagani va hozircha jamoatchilikka bayonot bermasligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: The Telegraph

Izohlar

Sardor1305
29 sep 2023
Xa barsa laychalari yirig'in achishib ketyaptimi battar bo'lish.
Erling Xoland
29 sep 2023
Bo'lmagan gap xech qachon bunday bo'lmaydi. Barsa qiyin vaziyatlardan chiqib ketgan bunisidan ham chiqib ketadi. Barsa o'zi bekor Kamp Nouni rekonstruksiya qilyapdi. Arena sig'imi yetarli bo'lsa nima keragi bor edi xayronman. Undan ko'ra klub qarzlarini to'lab, moliyaviy axvolni sal bo'lsayam yaxshilash kerak edi.
F.K.N.
29 sep 2023
Клубни умаман йук килиб юборса кейин нима булади. Клуб бн катта карзи хам йук булади. Янги стадионга номи узгарган янги карзи йук Барса ташкил килиб паккилатиб 5 тадан голни уриб уйнаб юраверади.
Elyor1991
29 sep 2023
Судяларга пул бергани рост бўлса ёпилиб йўқ бўлиб кетгани яхши. Ёлғон бўлса Суд Барса обрўсини тўкганлиги учун жарима белгилаши керак. Бутун дунёда обрўйини бир пул қилди.
Sherali Jo'rayev
29 sep 2023
ёзасиларда вахима қилиб, ўзларинг йўқ бўлиб кетишларинг мумкин Барселона абадий қолади