"Yuventus" APLdan italiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishi deyarli aniq, ammo...

I.J.I
23 feb 2025
"Yuventus" "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali bilan shartnoma imzolamoqchi.

Klub futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Italiyalik o'yinchi o'tishga rozilik bildirdi. Bitimga Duglas Luis qo'shiladi.

Ammo, Tonalining o'tishi faqatgina "Yuventus" mavsum so'nggiga ko'ra Chempionlar ligasiga yo'llanma olganidagina sodir bo'ladi. Turinliklar shuningdek PSJ hujumchisi Randal Kolo Muanining ijarasini uzaytirishmoqchi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: Sportmediaset

Izohlar