"Barselona" "Manchester Siti" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
21 iyul 2024
"Barselona" yana "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluni ijaraga olmoqchi.

Kataloniyaliklar ma'lum bir sport shartlari asosida majburiy xarid qilish bilan 30 yoshli Kanseluni ijaraga olishlari mumkin. Himoyachi boshqa klublarning taklifini rad etdi, sababi u "Barselona" safida o'ynashda davom etmoqchi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport