"Barselona" Matyoni 10 mln. evro evaziga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2016
"Barselona" o'z himoyachisi Jeremi Matyoni 10 mln. evroga sotishga tayyor.

"Barselona"ga Fransiya terma jamoasi himoyachilari Samuel Yumtiti va Luka Dinning kelishidan so'ng Matyoning o'yin vaqti sezilarli darajada kamayapdi. Futbolchiga "Liverpul" va "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda, ammo himoyachi uchun 7 mln. evrodan ko'p to'lamoqchi emas.

Jeremi Matyo 2014 yilda "Valensiya"da "Barselona"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana