"Barselona" Ospinaga qiziqmoqda

Alisher
16 iyul 2021
Kolumbiyalik David Ospinaga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 32 yoshli futbolchini Mark-Andre ter Shtegendan so'ng ikkinchi darvozabon sifatida ko'rishmoqda.

Futbolchiga egalik qiluvchi "Napoli" klubi darvozabon bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor. Neapolliklar Ospinani shartnomasi yakunlanayotgani bois sotib yubormoqchi.

David o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 6ta "quruq o'yin" o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal