"Barselona" Rafinya masalasini mavsum oxirida ko'rib chiqadi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
"Barselona" rahbariyati 28 yoshli vinger Rafinya bilan mehnat shartnomasini uzaytirish haqida mavsum so'ngida bosh qotiradi.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuliga qadar tuzilgan.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi boshliqlari joriy mavsumni Rafinyaning kelajagi uchun hal qiluvchi mavsum deb atashmoqda. Futbolchining o'zida ham "Barselona"da qolish istagi kuchli.

Takidlanishicha, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Pedri, Gavi, Lamin Yamal va Ronald Arauxo bilan bitimni uzaytirganidan so'ng Rafinyaning shartnomasi bilan bog'liq vaziyatni hal qilishni rejalashtirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo