"Barselona" sobiq murabbiyi Braziliya jamoasini boshqarishi mumkin

Alisher
24 mar 2024
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Seten Braziliya chempionatidagi klubni boshqarishi mumkin.

65 yoshli mutaxassis 2023 yilning sentyabrida "Vilyarreal"dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.

"Botafogo" ispanning nomzodini bosh murabbiylik posti uchun ko'rib chiqmoqda. Klub kelasi hafta qaror qabul qiladi.

Seten butun faoliyati davomida Ispaniyada ishlagan va Ekvatorial Gvineya terma jamoasini boshqargan.


AlisherMuallif
Manba: Diario AS