"Barselona" tekinga "Lill" hujumchisini qo'lga kiritmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
3 okt 2024
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Kanadailik futbolchi xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi 2025 yilning yozida forvardning "ajdarlar" bilan shartnoma muddati yakuniga etgach, erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.

Eslatib o'tamiz, tunda bo'lib o'tgan YCHL 2-tur doirasidagi bahsda penaltidan unumli foydalangan Jonatan Devid jamoasiga "Real" ustidan g'alaba keltirdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive