

"Barselona" 2,5 yil ichida birinchi marta "Kamp Nou"da o'yin o'tkazadi.
Kataloniya klubi 22 noyabr kuni La Liganing 13-turida "Atletik"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
"Ko'k-anorranglilar" 2023 yil may oyidan buyon ushbu stadionda o'ynamagan. Asosiy arena rekonstrukciya qilingan vaqtda o'yinlar "Olimpik Lyuis Kompanis" va "Estadi Yoxan Kroyff"da o'tkazilgan.
"Barselona" 13-tur doirasidagi "Atletik"ga qarshi uchrashuv shanba kuni nihoyat "Spotify Kamp Nou"da bo'lib o'tishini ma'lum qiladi.
Bu qaror 1B bosqichiga mos keluvchi licenziya olingandan keyin qabul qilindi. U sig'imni 45 401 tomoshabingacha oshirish huquqini beradi. Bu ruxsatnama butun yon tribunasiga taalluqli bo'lib, avvalroq 1A bosqichi uchun berilgan, janubiy darvoza ortidagi tribunaga tegishli licenziyani to'ldiradi.
Klub 1C bosqichi ustida ishni davom ettirmoqda - bu shimoliy darvoza ortidagi tribunadan to'liq foydalanish uchun zarur shart-sharoit, xavfsizlik va qulaylikni taminlashga qaratilgan.
Chempionlar ligasi borasida klub UEFA bilan birgalikda Frankfurtning "Ayntraxt"iga qarshi o'yinni ham "Spotify Kamp Nou"da o'tkazish ustida ish olib boryapti - talablar bajarilgan, ammo rasmiy tasdiq hali olinmagan", - deyiladi "Barsa" bayonotida.



