"Barselona"ning ikki futbolchisi nazorat uchrashuvida jarohat olishdi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen va yarim himoyachi Andre Gomesh "Ximnastik"ka qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.

Bahs Tarragonadagi "Nou Estadi" stadionida bo'lib o'tdi va o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

"Vermalenning chap oyog'i tizzasi shikastlangan, Gomeshda esa chap oyog'ining soni og'riyapti. Futbolchilarning safga qaytishi haqida keyinroq e'lon qilinadi" - deyiladi klub bayonotida.

Vermalen 15-daqiqada amlashtirildi, Gomesh uchrashuvning oxirigacha o'ynadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com