"Barselona"ning ikki muhim futbolchisi "Osasuna"ga qarshi o'ynamaydi

I.J.I
26 mar 2025
Klub ularga FIFA kunlaridan keyin dam berishga qaror qildi.

"Barselona" klubi terma jamoa o'yinlaridan keyin ikki muhim futbolchisiga dam berishga qaror qildi. Ronald Arauxo va Rafinya "Osasuna"ga qarshi 27 mart kungi o'yinda maydonga tushishmaydi. Bu haqda "Barsa" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik malum qildi.

"Rafinya va Arauxo tarkibda yo'q. Ular o'ynashmaydi, chunki parvoz juda uzoq bo'ldi. Ularning holati optimaldan uzoq. Mashg'ulot va tiklanish bu ikki futbolchi uchun muhimroq. 

Jamoa yaxshi formada, bugungi mashg'ulotlarda ajoyib mehnat qilishdi. O'zimizga ishonmoqdamiz. Uch ochko uchun kurashamiz, g'alaba qozonsak, bu ochkolar cho'ntagimizda bo'ladi", -deydi Xans-Diter Flik.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: As

Izohlar

leva8989
27 mar
Tan olish kerak bu yil LaLiga chempionligiga asosiy davogar Barcelona
Uzbekistan chempion
26 mar
BARSAGA farqi yo'q BARSA o'yinchilar va murabbiyi hech qachon nolimaydi bahona qilmaydi ular shunchaki maydonga tushadi fudbol o'ynaydi va g'alaba bilan maydonni tark etadi har ikki kunda o'yin otzishsaham maydonda asosiy o'yinchilar bulmasaham ularga farqi yuq erkakcha fudbol oynashadi kimlargadir o'xshab it hurar karvon otar olg'a BARSA