Barton: "Men Ellardays va Xojsondan ko'ra yaxshiroq murabbiy bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2016
"Glazgo Reynjers" yarim himoyachisi Joi Bartonning fikricha, u Angliya terma jamoasini Sem Ellardays yoki Roy Xojsondan yaxshiroq boshqargan bo'lardi.

"Keling kim muhim rol o'ynayotganini ko'ramiz. Sem Ellardays - Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi. Men Semdan yaxshiroq futbolchimanmi? Albatta. Ammo agar Sem Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'la olsa, men ham buni bajara olaman. Unda menda yo'q bo'lgan narsa bormi?

Bu joyda Roy Xojson ishini ham ko'rganman. Siz ham undan yaxshiroq ishlay olaman deb o'ylagansiz. Boshqa murabbiylarga e'tibor qarataylik. Mark Xyuz - juda yomon murabbiy. "Stok Siti" APL turnir jadvalining eng so'nggi o'rinlaridan birida. Uning insoniylik sifatlari juda zerikarli. Mening ishim - futbol. Men doimo bilgan narsa - futbol. Men boshqalardan ko'proq futbol tomosha qilaman va boshqalardan ko'proq futbol haqida qayg'uraman" - deydi Barton.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail