Bastian Shvaynshtayger: "Bonuchchi va Kellini - dunyoning eng kuchli himoyachilari"

Alisher
3 iyul 2021
Germaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Bastian Shvaynshtayger Evro-2020 1/4 final Belgiyaga qarshi Italiyaning o'yinini baholadi.

Roberto Manchini jamoasi belgiyaliklarni asosiy vaqtda 2:1 hisobida mag'lub etdi.

"Bonuchchi va Kellini - ayni damda dunyoning eng kuchli himoyachilaridir", - deb yozdi sobiq xavbek o'zining tvitter sahifasiga.

Italiya Yevropa chempionati yarim finalida Ispaniya bilan o'ynaydi, bahs 6 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BSchweinsteiger