Batistuta "Fiorentina"ga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 noya 2020
"Fiorentina"ning yangi bosh murabbiyi Chezare Prandelli jamoaning sobiq hujumchisi Gabriel Batistutani klubga qaytarish niyati borligini aytdi.

"Batistuta bilan gaplashaman, chunki u jamoaga o'zining hissasini qo'shadi deb o'ylayman. Gabrielning murabbiylik qilishi futbolchilarga ham motivaciya bag'ishlaydi. Hozir bu ilojsiz, biroq men keyinroq u bilan bu borada gaplashaman", – deydi Prandelli.

51 yoshli Batistusta 2005 yilda faoliyatiga yakun yasagan. Argentinalik futbolchi "Fiorentina" tarkibida 1991 yildan 2000 yilga qadar o'ynagan va 206 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia