Batlend "Reynjers" bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023
"Kristal Pelas"dan ijaraga olingan "Manchester Yunayted" darvozaboni Jek Batlend "Reynjers"ga o'tdi.

Bu haqda insafder Fabricio Romano xabar berdi. Shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.

30 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum birorta ham o'yin o'tkazmadi. U o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.

U Angliya terma jamoasi safida ham 9 ta o'yinda qatnashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano