"Bavariya" 18 yoshli Vircni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
10 sen 2021
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virc "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Myunxen klubi skautlari Germaniya terma jamoasida ushbu oyda debyut qilgan 18 yoshli nemisni kuzatmoqda.

"Bayer" ushbu yilning mayida yarim himoyachi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bitim 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Virc o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild