"Bavariya" 50 mln evrolik angliyalik o'yinchini xarid qilishi mumkin

Alisher
16 mar 2025
"Bavariya"ga Dortmundning "Borussiya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeymi Bayno-Gittens qiziq.

20 yoshli angliyalik vingerning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. U "Bavariya" uchun hujum qanotlariga nomzodlardan biri hisoblanadi.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliganing 26 o'yinida ettita gol va uchta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Shuningdek, nemis grandi manfaatlari doirasida Niko Uilyams ("Atletik") va Florian Virc ("Bayer") ham bor.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: twitter.com/Plettigoal

Izohlar