Bavariya bosh murabbiyi mavsumdagi birinchi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
25 avg 2018
Bavariya ustozi Niko Kovach Germaniya chempionati 1-turidan o'rin olgan Xoffenxaymga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin juda qiziqarli bo'ldi, biz haqli tarzda g'olib bo'ldik. Ammo bahs davomida hech nima aniq emas edi. Xoffenxaym 46-70-daqiqalar oralig'ida juda kuchli o'ynadi. Biz unga qarshi usul topa olmadik.

Mavsumni omadli boshlash doim muhim. Birinchi taymda biz ustunlik qildik va raqibga deyarli imkon bermadik. Ikkinchi taymning oxirgi 20 daqiqasda ham yaxshi o'ynadik, – deydi Kovach.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbayern.de