"Bavariya" etakchilaridan biri Tuxelning yordamchisi bilan tortishib qoldi

Sherzod Nurmatov
19 feb 2024
Myunxen klubidagi muhit yomonlashishda davom etmoqda.

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix Germaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan "Boxum"ga (2:3) qarshi o'yindan so'ng bosh murabbiy yordamchisi Jolt Lyov bilan janjallashdi. Bu haqda jurnalist Patrik Shtrasser xabar bermoqda.



Futbolchi va mutaxassis o'rtasida baland ovozda og'zaki tortishuv kelib chiqqan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, vaziyat deyarli urishib ketishgacha borgan.

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel voqeaga izoh berishdan bosh tortdi. Mutaxassis voqeani ishda bo'lib turadigan holat deb atadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Bild

Izohlar

Goal!!
19 feb 2024
Oldin ham aytganman, Tuchelni hatto Paxtakorga ham Murabbiy sifatida ishga olmasdim deb. Joshua Kimmich kabi nemislar tez qoʻzgʻolon qilib tashaydi bunaqa murabbiylarga
Sera_M ¥ U
19 feb 2024
Kimmix ni xam kut harakteri borda