"Bavariya" Eze uchun kurashga qo'shildi. Hujumchini "Arsenal" sotib olmoqchi edi

I.J.I
15 jul 2025
Futbolchiga nemis klubi ham qiziqib qoldi.

"Bavariya" "Kristal Pelas" va Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi Eberechi Eze uchun kurashda "Arsenal"ga raqobat qilmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manba malumotlariga ko'ra, London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning yangilangan tarkibidagi "oxirgi etishmayotgan bo'lak" sifatida Ezeni ko'rmoqda. O'z navbatida, nemis grandi ingliz futbolchisini jiddiy jarohat olgan hujumkor yarim himoyachi Jamal Musialaning o'rnini bosuvchi nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Endilikda Eze uchun ikki klub kurash olib boradi.

Takidlanishicha, Ezening shartnomasida 68 million funt sterling (78,2 million evro) miqdorida sotib olish bandi mavjud.

O'tgan mavsumda Eze barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: The Sun

Izohlar

mirabzal
16 jul
арсеналдан кура баварияга утгани яхширок