"Bavariya" himoyachisi "Nyukasl"ga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2022
"Nyukasl" "Bavariya" markaziy himoyachisi Niklas Zyuleni xarid qilishga urinmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik "Nyukasl" taklifini rad qilgan. 

Futbolchining niyati – Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirish. Tomonlarning amaldagi kelishuvi iyunda yakuniga etadi.

Agar Zyule ketadigan bo'lsa, Chempionlar ligasida qatnashadigan va sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan klubga o'tadi.

O'yinchi joriy mavsumda "Bavariya" safida 23 o'yin o'tkazib, 1 ta assist qayd etdi. Uning transfer narxi – 35 million evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport1