"Bavariya" Kepa Arrisabalagani ro'yxatiga qo'shib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
9 avg 2023
"Bavariya" "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalagaga qiziqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar ustozi Tomas Tuxelning o'zi kiperni jamoaga taklif qilish tarafdori. Yaqin kunlarda klublar o'rtasida muzokara bo'lib o'tishi kutilmoqda.

"Bavariya" golkiperi bo'lish uchun nomzodlar ichida "Ayaks"dan Xeronimo Ruli va "Sevilya"dan Yassin Bunu ham tilga olinmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal