

"Kramarich borasidagi mish-mishlar? Men uni yaxshi bilaman. Men allaqachon uning Bundesligadagi eng yaxshi forvardlardan biri ekanligini aytganman.
Unda juda yuqori darajadagi mahorat bor. Ammo, men u haqda hech narsa eshitmadim", - deydi Flik.
29 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 3ta assist qayd etdi.



