"Bavariya" "Shaxtyor" o'yinchisi uchun 25 million evro taklif qildi

Alisher
16 jan 2020
"Shaxtyor" himoyachisi Dodo "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Bavariya" 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida Doneck klubi bilan muzokaralarni boshladi.

Myunxen klubi o'yinchi uchun 25 million evro taklif qildi, ammo "Shaxtyor" Dodoni 30 million evroga sotmoqchi.

Dodo "Shaxtyor"ga "Koritiba"dan 2018 yilning qishida 2 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum Ukraina premer-ligasida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

FARRUXBEK.FC.BAYERN
16 jan 2020
yaxshi oynchi olish kerak omad bavariyaga
Nozim 7 Ribery 7
16 jan 2020
shu shaxtyordagilani ishlashiga ham besh ketamanda. Duglas kosta kabi juda kop nomlani yevtopaga chiqishiga zo'r Tramplin bolgan. Bavariya esa tezroq himoyachi olishligi kk.
Fanat_futbola
17 jan 2020
Duglas Costa ,Willian , Fred , Srna , ikkinchi brazilia deyiwadi Shakhtyordi
Buhgalter
16 jan 2020
2 млн.га олиб икки йилдан сунг 25 млн ёмон эмас, урган студент!