"Rahbariyat tayinsiz ish qildi, murabbiy ham g'alati taassurot qoldirdi. Agar Tomas Tuxel chempionlikni boy bersa, u albatta ishdan bo'shatiladi. Murabbiy almashganidan keyin qisqa muddatda vaziyat yomonlashganini kamdan kam ko'rganman. "Bavariya"da aynan shunday bo'ldi", – dedi Ditmar Xamann.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel qo'l ostida "Bavariya" Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi, Bundesligada esa etakchi "Borussiya"dan bir ochko ortda qolmoqda.
Izohlar