"Bavariya" va "Real" qiziqayotgan Soboslaining keyingi manzili ma'lum

Avstriyaning "Zalcburg" klubi yarim himoyachisi Dominik Soboslai faoliyatini "Leyptsig"da davom ettiradi.

O'tish qishki transfer oynasida amalga oshiriladi, deb xabar tarqatdi Sky Sports.

Takidlanishicha, nemis jamoasi "Zalcburg" direktori Kristof Froynd bilan kelishuvga erishgan.

20 yoshli vengriyalik futbolchining xizmatlariga "Real", "Bavariya", "Arsenal" va "Milan" singari klublar qiziqish bildirayotgan edi.


Manba: Sky Sports