"Bavariya" yulduzi policiya bilan katta muammoga duch keldi

Sherzod Nurmatov
9 aug 2024
Futbolchi noxush vaziyatga tushib qoldi.

Matteys de Ligt tez orada "Bavariya"ni tark etishi mumkin. Biroq ayni damda himoyachida katta muammolar bor. "Bild" xabariga ko'ra, futbolchi boshqa mashinani urib, voqea joyidan qochgan.

Himoyachi "Bavariya" mashg'ulot markazi yaqinida turgan mashinani urib yuborgan. Keyin esa voqea joyidan ketgan.

Guvoh hamma narsani ko'rgan va policiyani chaqirgan. U policiyaga de Ligtning Audi Q8  mashinasini ko'rganini aytgan.

Policiya hozircha butun ish yuzasidan izoh berishni istamayapti. "Bavariya" va De Ligt ham jim.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Bild

Izohlar

WoLfMeN
9 aug 2024
Bularga shuyam muammomi shtr beradi xammasi tinchidi
Dilmurod Umarov
9 aug 2024
Germaniyada yo'l harakati qoidalariga,umuman barcha qonun-qoidalarga jiddiy e'tibor beriladi