Baxtiyor Ashurmatov: "Qur'a yaxshi kelsa, guruhdan chiqish imkoniyatimiz yanada ortadi"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2025
Bugun 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

JCH–2026 qur'asi oldidan barcha futbol muxlislari kabi sobiq futbolchi Baxtiyor Ashurmatov ham bugungi marosim natijalarini intillik bilan kutmoqda. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bugungi kunda har qanday raqibga munosib raqobat ko'rsata oladi, ammo omadli qur'a muvaffaqiyat uchun muhim omil bo'lib qoladi.

Ashurmatov fikricha, nisbatan kuchsizroq jamoalar bilan bir guruhda tushish - pley-off yo'lidagi imkoniyatlarni ancha oshiradi:

“Albatta, hozirgi terma jamoamiz istagan raqibga qarshi yaxshi o'ynay oladi. Lekin guruhda kuchsizroq jamoalar bo'lsa, bizning imkoniyatlarimiz ko'payadi. Masalan, bitta yulduzli terma jamoa - Ispaniya, Argentina yoki Braziliya - muhlislar uchun ham, futbolchilar uchun ham katta qiziqish uyg'otadi. 2-savatdan bizga tanish raqiblar tushsa, yanada qulay. Shuningdek, Kyurasao kabi terma jamoalar ham imkoniyatni oshiradi. Qolganini bugun bilib olamiz. Qur'a terma jamoamizga omadli keladi degan umiddaman”, – dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia