Baxtiyor Ashurmatov: "Superliga uchrashuvlaridan qolishmaydigan o'yin guvohi bo'ldik"

Narzulla Saydullayev
5 feb 2022
Bugun Farg'onada bo'lib o'tayotgan "Hokim kubogi-2022" musobaqasida "Qo'qon-1912" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Saytimiz muxbiri "Qo'qon-1912" - "Andijon-1" (1:0) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdi.





- Murabbiy sifatida shuni aytishim mumkin, "Hokim kubogi" musobaqasiga keyingi yillarda Superliga jamoalaridan ko'proq taklif qilinsa, maydonlar sifati yaxshilansa, o'ylayman-ki, ushbu turnirning darajasi yanada ortadi. Nega deganda, vodiyda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Qish faslida milliy chempionatlarimizda tanaffus yuzaga keladi va muxlislar katta futbolni sog'inib qolishadi. Guvohi bo'lganingizdek, bugun "Andijon"ning ham, "Qo'qon-1912"ning ham juda ko'plab muxlislari stadionga kelib sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashdi.

Bu juda foydali turnir deb hisoblayman. Chunki "Hokim kubogi" musobaqasi orqali jamoaviy o'yinni shakllantirish, yoshlarni va jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

Biz oldimizga musobaqa g'olibligini maqsad qilib qo'ygandik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va g'oliblikni qo'lga kiritib muxlislar olqishiga sazovor bo'lishdi. Bugungi o'yinda "Andijon" jamoasi ham oxirigacha kurashishdi. Bugungi o'yin finalga xos tarzda o'tdi, Superliga uchrashuvlaridan aslo qolishmadi deb o'ylayman. Shu sababdan ushbu turnirni saqlab qolishda o'z hissalarini qo'shib kelayotganliklari uchun Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Xaitbaevich Bozorovga, viloyat hokimligi mutasaddilariga, tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tgan bo'lardim.

"Hokim kubogi" musobaqasi jamoamizning Superliga o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligining bir qismi bo'ldi. Men jamoamiz azolariga aytganman, o'zini hurmat qilgan futbolchi har qanday musobaqada g'alaba uchun maydonga chiqadi. Superliga jamoalariga musobaqa davomida to'qnash kelmadik, shu sababli hozir o'zimizga yuqori baho berishiz to'g'ri emas. Tayyorgarlik jarayonining bir qismi ushbu musobaqda o'tkazildi, mazkur musobaqada g'oliblikni maqsad qilgan xolda kurash olib bordik.

G'oliblikni qo'lga kiritish hamisha yoqimli bo'lgan. Tayyorgarligimizning qolgan qismini Toshkent shahrida davom ettiramiz. Hozirda jamoamiz optimal sport formasiga kirib ulgurgani yo'q. Jamoaviy o'yinni shakllantirish uchun bu turnir bizga ayni muddao bo'ldi" - deydi "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi.

Bekzod Tolibov yozib oldi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Kodirjon
6 feb 2022
Бахтиёр Ашурматов ўзбек футболини қотилларидан бири.
Chelsea England
5 feb 2022
Angliya Premyer ligasi ortda qolib ketdiyu
Хакикатгуй
5 feb 2022
Ашурматов Билолни чапга Диерни унга куйса канот ярим химоясига канотда тезкор хужум кафолатланади агар жамоадошлар тупни узига эмас Билол билан Диер кочиб кетиши учун уларни олдига кочиб кетиши учун оширса любой жамоа химоячиларига бош огрик булади.
Drongo
5 feb 2022
Эх, Нефтчи бекор у́йнмадида шу турнира. Тугагандан кейин кету́рарди Туркиясига
Qobiljon Mamurov
6 feb 2022
Бахтиержон Кубок учун сизга мураббийлар штабига ва албатта уйинчиларга рахмат Энди яхши таергарлик куринглар Суперлигага Жавохир Сиддикони кайтаринг кейин гол урадиган хужумчи олиш керак тезкор ешларга эьтибор беринг сиз Бамбани хам анча кучайтирган эдингиз иложи булса кайтаринг Юбилейга биз хам яхши уринлар учун курашейлик Иншаоллох сизларга омад