"Bayer" bosh direktori: "Alonso kelajakda "Real"ni boshqarishi aniq"

Omonjon To`xtamirzayev
16 apr 2024
Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh direktori Fernando Karro jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso kelajakda "Real Madrid"ni boshqarishi haqida gapirib o'tdi.

Xabaringiz bor, ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida "Bayer" o'z tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylandi.

"Ishonchim komilki, Xabi Alonso kelajakda Madridning "Real" klubini boshqaradi. Bu qachon bo'lishini bilmayman, ammo ishonch bilan ayta olaman u "Real"ga qaytadi. Shuningdek, "Liverpul" yoki "Bavariya" variantlari ham haqiqatga ancha yaqin.

Agarda Alonso to'p tepgan jamoalardan taklif tushgan taqdirda, "Bayer" muzokaralarga kirishishni o'z bo'yniga olgan".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: cadenaser.com