"Bayer" mavsumga favorit sifatida kiradi"

Sherzod Nurmatov
9 aug 2024
Lotar Matteus Bundesliganing navbatdagi mavsumi favoritini ajratib ko'rsatdi.

"Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteus Bundesliganing yangi mavsumi favoritini aytdi.

"Bayer" mavsumga favorit sifatida kiradi. Nafaqat mag'lubiyatsiz chempion va Kubok sohibi bo'lgani uchun, balki "Bavariya", "Borussiya" Dortmund va boshqa klublar bilan solishtirganda yaqqol ustunliklarga ega bo'lgani uchun ham.

Alonso jamoani 2 yildan beri boshqarib kelmoqda. Tarkib saqlanib qoldi va Tere, Garsiya, Belosyan bilan kuchaytirildi. Aslida "Bavariya"ga Ta kerak emas. Yani, bu kerak, lekin "Bayer"ni zaiflashtirish uchun.

Upamekanoga ishonch bildirilganda qanchalik barqaror ekanligini Evroda ko'rdingiz. Kim va Dayer bor. Agar sog' bo'lsa, Ito va markazda o'ynay oladigan Stanishich mavjud. Balki de Ligt ham qolar", – dedi Matteus.

Avvalroq "Bayer" "Liverpul" sobiq himoyachisiga qiziqish bildirayotgani malum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Bild

Izohlar

Umid Uuuu
9 aug 2024
Mavsummi kuchli 5talida tugatsayam kotta gap. Lester bn bogan ish bula bilanam boladi.
Dilmurod Umarov
9 aug 2024
Bu mavsum katta ehtimol bilan yana Bavariya chempion bo'lsa kerak