Bazi futbolchilar Xavining ishidan norozi

Sherzod Nurmatov
16 dec 2023
Futbolchilar hozirgi murabbiydan qoniqmayapti.

"Barselona"ning kamida 4 nafar futbolchisi bosh murabbiy Xavi Ernandesning ish uslubi va uning taktik qarorlaridan norozi, deb xabar berdi "Cadena SER". 

Ushbu ro'yxatga Mark-Andre ter Shtegen, Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan va Frenki de Yong kiradi.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubidagi muhit tarangligicha qolmoqda. Chempionlar Ligasining 6-turida "Antverpen"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin (2:3) vaziyat yanada og'irlashdi.

Avvalroq Xavi Messi ketganidan so'ng jamoaga nima etishmayotganini aytgan edi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Cadena SER

Izohlar