Bekxemning klubi Vidalga taklif bilan chiqdi

Bu haqida “Don Balon” xabar bermoqda.

“Inter Mayami” klubi “Barselona” futbolchisi Arturo Vidalga taklif yubordi. Hozircha chililik futbolchi bu taklifga javob berganicha yo'q. 33 yoshli Vidal joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 40 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Devid Bekxemga tegishli klub Edinson Kavanini jamoaga taklif qilgan va rad javobini olgandi.


Manba: Don Balon