

Mezbonlar safida himoyachi Abduqodir Husanov hamda hujumchi Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oldi!
GOOOOL! 36-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Gromikoning uzoqdan yo'llagan zarbasi Lukashevich tomonidan bartaraf etildi. Qaytgan to'pga ega chiqqan Oreshkevich to'pni darvozaga yo'lladi.
GOOOL! 79-daqiqada Vasilevichning pasidan so'ng birgabir holatga chiqib borgan Milich hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi!
Bahs yakunlandi! Shu tariqa, uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g'alab qozonishdi.
Energetik-BGU – BATE 0:2
SOK Olimpiyskiy
Gollar: 0:1 – 36 Oreshkevich, 0:2 – 79 Milich.
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (Chul, 84), Silinskiy (Pliev, 84), Rilach (Grishenko, 60), Husanov, Abdixoliqov, Papariga (Turich, 74).
BATE – Malkevich, Filipovich, Nechaev, Kudravec, Bane, Dragun (Sotnikov, 80), Gromiko (Sharkovskiy, 84), Bessmertniy (Vasilevich, 76), Oreshkevich (Shumanskiy, 60), Bocherov, Milich (Bordachev, 89).
Ogohlantirishlar: Rilach (4), Makushinskiy (13), Malkevich (43), Milich (50), Papariga (61), Bocherov (68), Husanov (89), Shumanskiy (90).

Endilikda "Energetik-BGU" muhim ochkolarni boy berib, 2-o'rinda qoldi, BATE esa 3-o'ringa chiqib oldi.
"Energetik-BGU"ning navbatdagi o'yini 2 noyabr kuni safarda "Dinamo" Minskka qarshi kechadi.
Turnir jadvali



