Belerin tamaki chekayotgan payti rasmga tushib qoldi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin Komo ko'lidagi hordig'i vaqtida tamaki chekayotgan vaqtida rasmga tushib qoldi.

"The Sun" xabariga ko'ra, ayni damda futbolchi oilasi bilan birgalikda Italiyadagi kurortda dam olmoqda. O'sha yerda  dam olayotganlar esa uni sigaret chekayotgan vaqtida rasmga olishdi.

Yodingizda bo'lsa, bir necha yillar muqaddam darvozabon Voycex Shensni ham shu tariqa tutilib qolgan va asosiy jamoadan ketkazib yuborilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun