Belgiya. O'rinboev bir taym o'ynagan bahsda "Antverpen" yutqazdi

Оқил Абдубарноев
14 sen 2025
Belgiya chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Antverpen" – "Gent" uchrashuvi yakunlandi.

Bellashuvda Muhammadali O'rinboev to'p tepadigan "Antverpen" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'zbekistonlik yarim himoyachi ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushib, uchrashuv so'ngiga qadar harakat qildi.

Ayni paytda "Antverpen" 7 o'yinda 9 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia