Belgiya terma jamoasi a'zosi Angliyani tark etmoqchi

Tolibjon Qosimov
30 avg 2018
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nosir Shadli "Vest Bromvich"ni tark etmoqchi.

29 yoshli futbolchi Yevropada transfer oynasi yopilguncha yangi klub topmoqchi.

"Vest Bromvich" Chempionshipga tushib ketganidan so'ng Shadlining maoshi haftasiga 40 ming funtgacha qisqartirildi. Joriy mavsum Shadli birorta ham o'yin o'tkazgani yo'q.

O'yinchi 2 yil oldin "Tottenxem"dan "Vest Bromvich"ga klub uchun rekord 18 million funtga o'tgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: telegraph.co.uk