Bellingem: "Gol urmaganimga ancha bo'lgandi"

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar Ligasi 3-turidan o'rin olgan "Yuventus" bilan o'yindagi (1:0) g'alaba keltiruvchi goli haqida fikr bildirdi.

"Bu ajoyib tuyg'u, anchadan beri gol ura olmay kelayotgandim. Bo'sh vaqtim ko'p edi va men bu lahzani yana Chempionlar Ligasida - katta jamoaga qarshi o'yinda qilishni orzu qilayotgandim. Uyda g'alaba golini urish - aql bovar qilmaydigan narsa. Men o'zimni qulay his etdim, juda qulay. Yaxshi o'ynash muhim edi va g'alaba golim jamoaga yordam berdi", – dedi 22 yoshli angliyalik xavbek.

Bellingem 2025/26 yilgi mavsum 7 o'yinda 1 ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports