Bellingem son jarohati tufayli ikki oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin

Administrator
11 fev 2026
Jud Bellingem faqat aprel oyiga yaqin maydonga qaytishi ehtimoli bor.

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda sonining orqa qismidan jarohat oldi. Xabarlarga ko'ra, u bir oyga safdan chiqqan edi.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma'lumotlariga ko'ra, jarohat yanada jiddiyroq bo'lishi mumkin: ingliz futbolchi ikki oygacha o'yinlarni o'tkazib yuborish xavfi ostida. Hozirda tibbiy tekshiruvlar davom etmoqda. 

Bellingem bu mavsumda La Ligada 18 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/Ramon_AlvarezMM