Benites yana o'zi shug'ullantirganlar orasida Ronalduni eng yaxshi deb aytmadi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2015
Ispaniya futbol jamoatchiligi "Real" bosh murabbiyi Rafael Benites va "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasidagi mavzuni muhokama qilishdan to'xtamayapti.

Oldinroq Benites intervyularning birida Ronalduni o'zi shug'ullantirgan futbolchilar ichida eng yaxshisi deb atamagan edi. Benites uni eng yaxshilaridan biri deb aytgan. Keyinroq esa murabbiyi Krishtianuni jahonning eng yaxshi futbolchisi dedi.

Benites "Radio Nacional"ga bergan navbatdagi intervyusida Ronalduni yana bir bor eng yaxshi futbolchi emas, eng yaxshilardan biri deb atadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Nacional