Benjamen Lekomt "Monpele"ni "Barselona"ga almashtirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 may 2019
"Monpele" darvozaboni Benjamen Lekomt faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli darvozabonning xizmatlariga "Barselona" qiziqmoqda. Kataloniyaliklar Lekomtni zaxira darvozaboni sifatida ko'rishmoqda. "Monpele" esa darvozabonni top-klubga qo'yib yuborishga tayyor.

Lekomt joriy mavsum Liga 1ning 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 40ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Midi Libre