Benzema 6-o'ringa chiqib oldi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2023
Karim Benzema Ispaniya chempionatidagi gollari soni bo'yicha Alfredo Di Stefanoga yetib oldi.

"Real" hujumchisi "Vilyarreal"ga qarshi bahsda (1:2) penaltini golga aylantirdi. Bu fransiyalikning LaLigadagi 227 goliga aylandi.

Benzema va Di Stefano Ispaniya chempionati tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 6-o'rinni bo'lishib turishibdi. Ulardan tepada Lionel Messi (472), Krishtianu Ronaldu (311), Telmo Sarr (251), Ugo Sanches (234) va Raul (228) bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/pedritonumeros