Benzema va Kroos "Yuventus"ga qarshi o'yinga tayyor
Aslanov Jasurbek
12 may 2015
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos va hujumchisi Karim Benzema "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuviga tayyor.
27 yoshli Benzema jarohat tufayli birinchi o'yinda maydonga tushmagan edi. Javob uchrashuvi 13 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs 2:1 hisobida "Yuventus"ning g'alabasi bilan yakunlangan.